Qumli bo‘ron ortidan tayinlov: Toshkent Ekologiya boshqarmasi rahbari o‘zgardi 

Jamiyat

image

Joriy yilning 4 noyabr kuni Farxod Ergashboyevich Dehqonov Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda qo‘mita Matbuot xizmati xabar berdi

Qayd etilishicha, F. Dehqonov 1980 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, mutaxassisligi ekologiya va atrof-muhit muhofazasi.

F.Dehqonov Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan vacancy.argos.uz sayti orqali o‘tkazilgan ochiq tanlovda nomzodlar ichida eng yuqori 82,5 ballni to‘plab, mazkur lavozimga tayinlangan.

Ma’lumot uchun, F.Dehqonov mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari lavozimida mehnat faoliyatini olib borgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aynan 4 noyabr kuni dastlab Sirdaryoda kuzatilgan qumli bo‘ron, keyinroq Toshkent va mamlakatning boshqa hududlarida ham ko‘zga tashlandi. Buning ortidan O‘zbekiston, shu jumladan Toshkent havosi xalqaro indikatorlar tomonidan dunyodagi eng iflos, deb topildi. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, ayni damda Toshkent havosidagi chang miqdori normal darajaga qaytgan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

430

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing