Quloqchin taqib yo‘ldan o‘tayotgan velosipedchini “Kaptiva” urib yubordi. Velosipedchi vafot etdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 21 may kuni Samarqand viloyatida o‘lim bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, joriy yilning 21 may kuni soat 19:05 larda Samarqand viloyati, Samarqand shahar, Q.Rumiy ko‘chasi 6-uy qarshisida haydovchi 1971 yilda tug‘ilgan A.V. (erkak) “Kaptiva” rusumli transport vositasi tezligini me’yoridan oshirgan holda boshqarib ketayotib, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan qulog‘iga quloqchin taqqan holatda velosiped boshqarib o‘tayotgan, 1985 yilda tug‘ilgan N.Ya.ni urib yuborib, YTH sodir etgan.

Natijada, velosipedchi 35 yoshli N.Ya. (erkak) olgan tan jaroxatlari oqibatida YTH joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Samarqand shahar IIO va FMB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Boshqarma barcha haydovchilardan yo‘llarda piyoda va velosipedchilarga e’tiborli bo‘lishlarini, belgilangan tezlik me’yorlariga amal qilishlarini, piyoda va velosipedchilar yo‘ldan o‘tayotgan vaqtlarida quloqchin va boshqa vositalardan foydalanmaslikni so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

124

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing