Qo‘lma-qo‘l bo‘lgan mashinaning sobiq egasi unga jarima kelayotganidan nolidi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatida fuqaro IIBga murojaat qilib, o‘zining nomidagi mashinasini 2 yil oldin sotib yuborgani, ammo o‘sha mashinaga yozilayotgan jarima qarorlari hamon unga kelayotganini bildirgan. Viloyat IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, holatga aniqlik kiritildi. 

Aniqlanishicha, fuqaro oldi-sotdi ishlarini qonuniy tarzda notarial idoralar orqali amalga oshirmasdan, avtomashinani sotgan.

"2021 yil 3 avgust kuni VAZ rusumli avtomobilimni sotdim. Mashina ustadan chiqqanidan keyin sotib olgan shaxs notariusga boramiz, deb va’da berdi. Keyinchalik borishni xohlamadi. So‘ngra, undan mashinamni Davron ismli yigit xarid qilibdi. Davron esa Bekmurod ismli yigitga, Bekmurod esa Bahodir, Bahodir esa Zahriddin, Zahriddin esa Hayot ismli yigitga sotgan. U esa qo‘ldan qo‘lga o‘tgan avtomobilni Toshkent tumanidagi yana bir odamga pullagan", deydi mashinaning sobiq egasi.

Ma’lum qilinishicha, qo‘lma-qo‘l bo‘lgan ushbu mashinani oxirgi sotib olgan xaridor nomerni har xil mashinalarga qo‘yib, radarga tushgan. Mashina 101 ta radarga tushishi oqibatida 50 mln so‘m jarima kelgan.

Qidiruv ishlari sabab mashinani oxirgi bo‘lib sotib olgan fuqaro aniqlangan. Hozirda holat yuzasidan tegishli tartibda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati mashina oldi-sotdisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing