Qo‘qonda portlash. Qurbon bor (video)

3-sahifa

image

Bugun, 16 fevral kuni Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahridagi ko‘p qavatli uylarning birida gaz portladi. Hodisa oqibatida 1 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 21:18 da Qo‘qon shahar “Muqimiy” ko‘chasida ko‘p qavatli uy yonayotgani to‘g‘risida 112 tizimi orqali Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar tushgan. Yong‘in joyiga yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 21:23 da yetib borib, 21:25 da o‘rab olingan va 21:32 da batamom o‘chirilgan.

Bildirilishicha, yong‘in gaz va havo aralashmasining chaqnashi oqibatida sodir bo‘lgan bo‘lib, 28-uyning 50 kvadrat metr maydonda tom va shift qismi hamda uy jihozlari yongan.

Chaqnash oqibatida 4 nafar fuqaro turli darajada kuyish tan jarohati olib, shahar tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan 1 nafar fuqaro vafot etgan. Hozirda hodisaning sabablari aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Andijon shahridagi ko‘p qavatli aholi yashash xonadonlarining birida portlash sodir bo‘lgandi. Chaqnashdan so‘ng yong‘in kelib chiqmagan va boshqa xonadonlarga zarar yetmagan. Chaqnash oqibatida 2 fuqaro tan jarohati olgan.


Maqola muallifi

Teglar

portlash Farg'ona Qo'qon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing