Qo‘qonda qalbaki 120 ming dollarni saqlayotgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida qalbaki 315,5 mln so‘m va 120 ming dollarni muomalaga chiqarish uchun saqlab kelayotgan 22 yoshli shaxs ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, DXXning Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi Qo‘qon shahar bo‘limi xodimlari tomonidan iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish doirasida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida 2003 yilda tug‘ilgan mahalliy fuqaro qalbaki pullarni muomalaga kiritish bilan shug‘ullanayotgani aniqlangan.

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Qo‘qon shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs 50 mln so‘m miqdoridagi qalbaki pullarni “shartli xaridor”ga haqiqiy 8 mln so‘m evaziga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, uning yashash xonadoni ham xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. Natijada 50, 100 va 200 ming so‘mlik jami 315,5 mln so‘m miqdoridagi qalbaki kupyuralar hamda 100 AQSH dollarlik jami 120 ming AQSH dollari miqdoridagi qalbaki kupyuralar borligi ma’lum bo‘lgan va tegishli tartibda olib qo‘yilgan.

Hozirda qalbaki “pulfurush”ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ushbu qalbaki pul mablag‘larini unga yetkazib bergan fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida qalbaki 20 000 AQSH dollarini haqiqiy 14 000 AQSH dollariga sotishga uringanlar qo‘lga tushgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona qalbaki pul Qo'qon qalbaki kupyura

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing