Namanganda qalbaki dollarlarni sotayotgan shaxslar ushlandi
3-sahifa
−
24 iyun 2025 3266 1 daqiqa
Namangan viloyatida qalbaki 20 000 AQSH dollarini haqiqiy 14 000 AQSH dollariga sotishga uringanlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Kosonsoy tumani bo‘limi, DXX va Bojxona xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro F.T. fuqaro A.X. ga qalbaki 20 000 AQSH dollarini haqiqiy 14 000 AQSH dollariga sotishga kelishib, oldindan 100 AQSH dollarlik kupyuradagi qalbaki 8 000 AQSH dollarini bergan vaqtida ushlanib, davom etgan tadbirda boshqa bir fuqaro N.T. dan qalbaki 6 000 AQSH dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidagi “Sardoba” YPX maskani oldida qalbaki 1 600 AQSH dollarini 10,2 mln so‘mga sotayotganlar ushlangandi.
Live
Barchasi