Qo‘qonda “gashish”ni pullayotganlar qo‘lga olindi

3-sahifa

image

Joriy yilning 15 aprelidan 15 mayiga qadar Farg‘ona viloyatida o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirida giyohvandlik moddasini sotayotgan yana 2 kishi qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qo‘qon shahrining Bog‘ibanon ko‘chasida yashovchi 2004 yilda tug‘ilgan va Orzu ko‘chasida yashovchi 2000 yilda tug‘ilgan shaxs xaridor bilan 18 ming dollarga 1 kilogramm “gashish” giyohvandlik moddasini sotishga kelishib, shundan 560 grammini sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 aprel kuni Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida giyohvand modda sotgan 2 kishi qo‘lga olingandi. Ular “qora bozor”dagi narxda 150 ming dollarga baholangan 11 kilogrammdan ortiq giyohvand modda – “opiy” va “gashish”ni 90 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qo'qon gashish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing