Qo‘qon universitetiga yangi rektor tayinlandi

Jamiyat

image

Sherzod Igamberdiyevich Mustafoqulov Qo‘qon universiteti ta’sischilar Kengashi yig‘ilishi qarori asosida oliygoh rektori etib tayinlandi. Bu haqda Qo‘qon shahar hokimligi ma’lum qildi.

Iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent Sherzod Mustafoqulov 1977 yilda Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy, mutaxassisligi – qurilish iqtisodi va uni boshqarish, hududlar iqtisodiyoti va investitsiyalarni boshqarish.

Samarqand Davlat arxitektura va qurilish instituti bakalavriati, Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti aspiranturasida ta’lim olgan. Aleksandr nomidagi Texnologiyalar va ta’lim instituti (Gresiya)da ilmiy stajirovka o‘tagan. 

Mehnat faoliyati davomida Toshkent davlat universiteti «Agroiqtisodiyot» kafedrasi assistenti, universitetning «Tarmoqlar iqtisodiyoti» kafedrasi dotsenti, Innovatsion ta’lim texnologiyalari markazi direktori, “Sanoat iqtisodiyoti”, “Investitsiyalar” kafedralari mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan. 

So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakulteti dekani, Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori, “Universitet 3.0” xalqaro o‘quv va ilmiy-innovatsion tadqiqotlar markazi direktori mas’ul lavozimlarida ishlagan. Oilali – uch nafar farzandi bor.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov Qo'qon universiteti

Baholaganlar

111

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing