Quddus Isroil poytaxti emas – Rim sudi
Olam
−
22 noyabr
8707Rim sudi tomonidan chiqarilgan qarorga muvofiq Italiyaning Rai telekanali xato ma’lumot tarqatganlikda ayblanmoqda. Bu haqda “Palestinian Information” xabar berdi.
Sud telekanalning mashhur “L'Eredità” viktorina dasturida Quddusning Isroil poytaxti deb aytilganini noto‘g‘ri deb topgan. Sud qaroridan so‘ng “Europeans for Jerusalem” tashkiloti Rai telekanalidan Quddus Isroilning poytaxti emasligini e’lon qilishni talab qilgan.
Sudning bu qarori tarixiy haqiqatlarga va BMT rezolyutsiyalariga mos kelishi ham ta’kidlangan. Chunki BMT va xalqaro huquq Quddusning Falastin hududida ekanligini tasdiqlaydi. Shuningdek, tashkilot barcha jahon ommaviy axborot vositalaridan Isroilning noto‘g‘ri ma’lumotlarini tarqatmaslikni va haqiqiy voqealarni yoritishni so‘ragan. Xususan, tashkilotga ko‘ra, OAV Falastin xalqining azob-uqubatlari, Quddusdagi muqaddas joylar va aholining majburiy ko‘chirilishi haqidagi haqiqatni yoritishi kerak.
Ma’lumot uchun, Falastin himoya xayriya tashkiloti va Italiyaning Falastin jamoasi Rai telekanali tomonidan noto‘g‘ri ma’lumot tarqatilgani uchun sudga ariza bergan. Viktorina dasturida ishtirokchi, “Isroilning poytaxti qayer?” degan savolga, dastur olib boruvchisi “Quddus” deb javob bergan.
Eslatib o‘tamiz, 11 noyabr kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan sammitda Arab davlatlari ligasi va Islom hamkorlik tashkilotiga (IHT) a’zo davlatlar Isroilni G‘azo sektori, G‘arbiy Sohil, Sharqiy Quddus va Golan tepaliklaridan chiqib ketishga chaqirgandi.
Muhammad Hodiyev