O‘zbekistonda pulning qadrsizlanish darajasi kamaya boshladi

Jamiyat

image

Joriy iylning yanvar oyida O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi 0,6 foizni tashkil etdi. Bu haqda Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov ma’lum qildi.

Taqqoslash uchun, 2019 yil xuddi shu davrda inflyatsiya 1,5 foiz, 2018 yil yanvarida 2,7 foiz, 2017 yil ilk oyida esa 1,5 foiz bo‘lgan.

“Inflyatsiyani jilovladik deyishga hali erta. Biz faqatgina inflyatsiya bilan kurashish mumkinligini ko‘ryapmiz xolos.

Inflyatsiyaga ta’sir etuvchi bir nechta nomonetar omillar hali ham neytralizatsiya qilinmagan. Ishlashimiz kerak, asosiysi - inflyatsiyani o‘tgan yilgiga nisbatan pasaytirish ehtimoli anchagina yuqori”, deb yozdi Qo‘chqorov Twitter sahifasida.

Ma’lumot uchun, mamlakatda inflyatsiya darajasi 2021 yilda bir xonali songa tushishi, 2023 yilga borib esa 5 foizlik targetga erishilishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Jamshid Qo'chqorov inflyatsiya

Baholaganlar

148

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing