Turkiyada yanvar oyida yillik inflyatsiya 64,86 foizni tashkil etdi
Olam
−
05 fevral
3364Turkiyada yanvar oyida yillik inflyatsiya bir oy oldingi 64,77 foizga nisbatan 64,86 foizni, iqtisodiy o‘sish esa 6,7 foizni tashkil etdi. Bu haqda mamlakat Milliy statistika instituti ma’lum qildi.
O‘z navbatida, bir guruh mustaqil iqtisodchilar yanvar oyida Turkiyada yillik inflyatsiya 129,11 foizni tashkil etganini e’lon qildi. Dekabr oyida esa inflyatsiya 127,2 foiz deb baholangan.
Turkiya Moliya vaziri Mehmet Shimshek, yanvar oyi inflyatsiya ma’lumotlarini sharhlar ekan, ular kutilganidan biroz yuqori bo‘lganini, ammo vaqtinchalik ekanini ta’kidlagan.
“Fevral oyidan boshlab biz oylik inflyatsiya sezilarli darajada pasayib, prognozimizga mos yo‘ldan borishini kutmoqdamiz. Yilning ikkinchi yarmida yillik inflyatsiya sezilarli darajada pasayishini ko‘ramiz. Narxlar barqarorligini ta’minlash bizning ustuvor vazifamizdir”, deb yozadi vazir X (sobiq Twitter) tarmog‘ida.
2023 yil sentyabr oyida Turkiya hukumati o‘rta muddatli iqtisodiy dasturni taqdim etdi. Unda keltirilgan prognozlarga ko‘ra, uch yil ichida mamlakatda inflyatsiya 65 foizdan 8,5 foizgacha pasayadi.
2024 yilda inflyatsiya maqsadi 33 foiz va 2025 yil uchun 15,2 foiz etib belgilangan.
2026 yilda dasturda ko‘rsatilganidek, u 8,5 foizga tushishi kerak. 2026 yil oxirigacha iqtisodiy o‘sish 5 foizga yetishi kutilmoqda.
LiveBarchasi