Qrimning birinchi va oxirgi Prezidenti vafot etdi
Olam
−
29 Sentabr 2019
7390Qrim Respublikasining sobiq Prezidenti Yuriy Meshkov insultdan so‘ng Moskva viloyatining Krasnogorsk shahridagi kasalxonada vafot etdi, deya xabar beradi uning qizi Marianna Meshkova bugun, 29 sentyabr kuni TASSga.
Turkiyada ta’tilda vaqti insultga uchragan 73 yoshli Meshkov 16 sentyabr kuni Krasnogorskdagi kasalxonaga yotqizilgan. Uning ahvoli og‘ir, reanimatsiya sharoitida bo‘lgan. "Dadam bugun kasalxonada vafot etdi", dedi Meshkova. U boshqa tafsilotlarni, jumladan dafn marosimi haqida gapirmadi.
Yuriy Meshkov 1994 yil fevral oyida Qrim Prezidenti etib saylandi. 1995 yil mart oyida Oliy Rada va Ukraina Prezidentining qarori bilan Qrim Respublikasining Konstitutsiyasi bekor qilindi, Prezidentlik esa tugatildi. 1998 yil dekabrda respublikaning yangi Konstitutsiyasi kuchga kirdi. Qrim Respublikasi Ukrainaning bir qismi sifatida Qrim Avtonom Respublikasi deb nomlandi.
2014 yil 18 martda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Qrim Respublikasi va Sevastopolni Rossiya Federatsiyasiga qabul qilish to‘g‘risida bitim imzoladi va 21 martda hujjat Federal Majlis tomonidan ratifikatsiya qilindi.
LiveBarchasi