Qrimning anneksiyasini tan olmaymiz – Erdo‘g‘an yana Putinga qarshi gapirdi

Olam

image

Turkiya Ukrainaga tinchlik o‘rnatish uchun vositachilik sa’y-harakatlari va qadamlarini davom ettirishda qat’iydir. Bu haqda Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an bugun, 23 avgust kuni onlayn formatda Qrim platformasi sammitida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi. 

Turkiya rahbari Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyga tadbirda ishtirok etish taklifi uchun minnatdorlik bildirdi.

Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, Anqara Qrim uchun tinch yo‘l bilan samarali kurash olib borishga qaratilgan Platformani yaratish g‘oyasini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi va to‘g‘ri deb hisoblaydi. 

U Turkiyaning qo‘llab-quvvatlashi Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘lining o‘tgan yili Kiyevda bo‘lib o‘tgan Qrim platformasining birinchi ta’sis sammitida shaxsan ishtirokida namoyon bo‘lganini eslatdi. Turkiya Qrim platformasi faoliyatini barcha darajadagi qo‘llab-quvvatlashda davom etishiga ishontirdi. 

Qrimning Ukrainaga qaytarilishi xalqaro huquq talabidir

Erdo‘g‘an Turkiya Qrimning anneksiya qilinishini tan olmasligini, bu qadamni noqonuniy deb bilishini, voqealarning birinchi kunidanoq ochiq e’lon qilayotganini eslatdi.  

“Mamlakatimizning Qrim bo‘yicha pozitsiyasi nafaqat qonunga asoslanadi, balki Anqaraning ma’naviy pozitsiyalarining asosiy nanumasidir. Qrimning Ukrainaga qaytarilishi ham xalqaro huquqning talabidir. Ukrainaning hududiy yaxlitligi, suvereniteti va siyosiy birligini saqlab qolish nafaqat mintaqa, balki global xavfsizlik va barqarorlik uchun ham juda muhim”, deydi Turkiya rahbari. 

U Qrim tatarlarining huquqlari va xavfsizligini himoya qilishni Turkiyaning ustuvor vazifalaridan biri deb atadi.  

“Anqara Qrimdagi jarayonlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Shu munosabat bilan men yana Qrim platformasining birinchi sammitidan so‘ng hibsga olingan Qrim-tatar xalqi majlisining birinchi o‘rinbosari Narimon Jalol va uning sheriklarini ozod qilishga chaqiraman”, deydi siyosatchi. 

Turkiya Prezidenti qrim-tatarlar o‘z tarixida bir necha bor fojiali voqealarni boshdan kechirgani va ota-bobolari zaminida tinch yashashga to‘la haqli ekanini eslatdi. 

U Anqara bu masalada Ukraina hukumati va Qrim tatarlarini qo‘llab-quvvatlashda davom etishiga ishontirdi. 

Turkiya rahbari Ukrainada joriy yilning 24 fevralidan beri davom etayotgan urush mavzusiga yana to‘xtaldi. Turkiya Ukrainaning hududiy yaxlitligi va suvereniteti asosida adolatli tinchlik tarafdori ekanini ta’kidladi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Anqara diplomatik kanallar samaradorligini ta’minlash uchun katta sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda. Antaliyada bo‘lib o‘tgan Turkiya, Rossiya va Ukraina Tashqi ishlar vazirlarining uch tomonlama uchrashuvi hamda Rossiya va Ukraina delegatsiyalarining Istanbulda o‘tkazilgan uchrashuvi buning yaqqol misolidir. 

Erdo‘g‘an Ukraina portlaridan g‘alla eksporti bo‘yicha kelishuvni ham muhim va aniq muvaffaqiyat deb atadi. 

“18 avgust kuni Lvovga tashrifimiz chog‘ida Turkiya pozitsiyasini yana bir bor tasdiqladik. Biroq, sur’atni saqlab qolish va uni uzoq muddatli natijalarga aylantirish ko‘p jihatdan tomonlarning tinch qadamlariga bog‘liq. Turkiya vositachilik sa’y-harakatlarini va Ukrainada tinchlik o‘rnatish uchun qadamlarni davom ettirishga qat’iy qaror qildi”, deydi u. 

Davlat rahbari urushning tugashi va Qora dengiz mintaqasida barqarorlikning tiklanishi nafaqat mintaqaga, balki butun dunyoga xotirjam nafas olish imkonini berishini qayd etdi. 

“Shu munosabat bilan men Ukrainaning, jumladan Qrimning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashimni yana bir bor ta’kidlayman va mintaqamizda tinchlik muhiti tezroq tiklanishiga umid qilaman”, deydi Prezident.

Ma’lumot uchun, bugun, 23 avgust kuni Qrim platformasining ikkinchi sammiti boshlandi. Tadbir onlayn tarzda o‘tkazildi. Tadbirni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ochib berdi. 

60 ga yaqin davlat va xalqaro tashkilotlar Qrim platformasining ikkinchi sammitida ishtirok etishini tasdiqladi, shulardan 40 ga yaqini Prezidentlar va Bosh vazirlar darajasida. 


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

117

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing