Qrim masalasi Rossiya uchun jahannam mavzusiga aylanishi kerak – Ukraina

Olam 7550
image

Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba 2021 yilda Qrim masalasi bo‘yicha Rossiyaga qarshi xalqaro bosimni keskin oshirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishga va’da berdi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Ukrainaning “TSN” yangiliklar xizmatiga bergan intervyusida so‘zlagan.

“Qrim masalasi Rossiya uchun qutlug‘ emas, jahannam mavzusiga aylanishi kerak va biz bunga erishamiz. Buning uchun ko‘p ish qilib ham qo‘ydik.

Men Simferopolda bir kun kelib Ukraina bayrog‘i ko‘tarilishiga mutlaqo aminman va har bir fuqaro buni bilishini istayman”, deydi Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba.

Kuleba, shuningdek, Rossiyaga bosimning asosiy vositasi Qrim platformasi – yarimorolni Ukrainaga qaytarish va orol aholisining huquqlarini himoya qilishga qaratilgan xalqaro sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha muzokaralar maydonchasi bo‘lishini aytgan. 

Kulebaning so‘zlariga ko‘ra, ushbu platformani qo‘llab, uning bo‘lajak 2021 yilgi sammitida ishtirok etishga tayyorligini bildirgan mamlakatlar mavjud. Biroq, Tashqi ishlar vaziri qaysi davlatlar haqida gap ketayotganiga aniqlik kiritmagan.

Farruxjon Murodqulov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 385
Reyting: 2.9
t
×