Qrim ko‘prigida yong‘in yuz berdi (video)

Olam

image

Bugun, 8 oktyabr kuni Rossiyani Qrim yarimoroli bilan bog‘lovchi Kerch ko‘prigida yong‘in yuz berdi. Ko‘prikda harakat to‘xtatildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Favqulodda holat haqida nashrga “Taman” yo‘l boshqarmasi ma’lum qilgan. Qrim favqulodda xizmatlari ma’lumotlariga ko‘ra, bo‘g‘oz orqali transport o‘tish joyida poyezdlar harakati ham to‘xtatilgan.

Qrim rahbarining maslahatchisi Oleg Kryuchkov o‘zining Telegram-kanalida yozishicha, ko‘prik uchastkalaridan birida yoqilg‘i baki yonib ketgan.

“Kemachilik yoylari zarar ko‘rmadi. Sabab va oqibatlari haqida gapirishga hali erta. Yong‘inni o‘chirish ishlari olib borilmoqda”, deya qo‘shimcha qildi u.

“Rosmorrechflot”ning RIA Novostiga ma’lum qilishicha, Kerch bo‘g‘ozidagi yuk tashish ko‘prikdagi favqulodda vaziyat tufayli to‘xtatilmagan.

Qrim ko‘prigi Rossiyadagi eng uzun ko‘prik bo‘lib, uning uzunligi 19 kilometrni tashkil qiladi. Avtomobil qismi 2018 yil may oyida foydalanishga topshirilgan. 2019 yil dekabr oyida esa uning temir yo‘l qismi bo‘ylab birinchi poyezdlar harakatlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

348

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing