Qozon maktabidagi otishmada ingliz tili o‘qituvchisi ham o‘ldirilgani ma’lum bo‘ldi
Olam
−
12 may 2021
11218Rossiyaning Qozon shahridagi maktabda otishma uyushtirgan Ilnaz Galyaviyev o‘quvchilardan tashqari, koridorda 25 yoshli ingliz tili o‘qituvchisi Elvira Ignatevani ham otib tashlagan. Bu haqda ta’lim muassasasi vakiliga asoslanib xabar berilgan.
"Favqulodda vaziyatdan so‘ng maktabning raqs o‘qituvchisi Alina Fedorovichevaning o‘limi haqida ma’lumot bor edi, lekin aslida uning ahvoli yaxshi. Beshinchi sinfgacha ingliz tilidan dars bergan Elvira Ignateva vafot etdi. U koridorga chiqqan va o‘ldirilgan", deyilgan xabarda.
Ignateva so‘nggi to‘rt yil ichida 175-sonli maktabda dars bergan. 2018 yil u "Yil o‘qituvchisi" tanlovida ikkinchi o‘rinni egallagan. Gumonlanuvchi Ilnaz Galyaviyev maktabni bitirgan yili qiz shu maktabga ishga joylashgan. Ignateva Galyaviyevga dars o‘tmagan.
Eslatib o‘tamiz, 11 may kuni soat 09:30 atrofida Qozon shahridagi 175-sonli gimnaziyada qurollangan jinoyatchi o‘q uzdi. Hozirgacha to‘qqiz kishining o‘limi tasdiqlangan, 21 kishi jarohat olgan. Tergov qo‘mitasi ommaviy qotillik bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan. Qozon ma’muriyati rahbari Ilsur Metshin shahar gimnaziyasidagi otishmani terakt deb atagan. Tataristonda 12 may motam kuni deb e’lon qilingan.
LiveBarchasi