Qozoq-qirg‘iz chegarasida etnik mojaro yuz berdi (video)
Olam
−
08 fevral 2020
15515Qozog‘istonning Qirg‘iziston bilan chegaraga yaqin hududida, Masanchi qishlog‘ida qozoqlar va dunganlar o‘rtasida etnik mojaro kelib chiqdi.
“Qozog‘isonning Qirg‘iziston bilan chegara yaqinida qozoqlar va dunganlar (Qirg‘izistonda yashovchi xalq) o‘rtasida etnik mojaro chiqdi. Aytishlaricha, hammasi bir guruh mahalliy dunganlar yoshi katta qozoq cholni qattiq kaltaklaganidan boshlangan. Voqealar yanada avj olmasligiga umid qilamiz”, degan voqeaga guvoh bo‘lgan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri.
Qozog‘istonning Jambil viloyati politsiya departamenti hodisaga izoh berib, mojaro politsiya xodimiga hujum qilish oqibatida yuz berganini aytgan.
持续关注正在在korday发生的哈萨克人和东干人的冲突! pic.twitter.com/LfuigtcUj6
— Glo-bomb (@oktem_kz) February 7, 2020
“7 fevral kuni taxminan soat 14:10 da politsiya xodimlari Korday tumanidagi Sortobe qishlog‘ida xizmat olib borayotganda, davlat raqam belgisi standartlarga mos kelmaydigan Honda Odyssey avtomobilini to‘xtatgan”, deydi politsiya departamenti.
Ammo guvohlarning so‘ziga ko‘ra, politsiya e’lon qilmayotgan yana bir sabab bor.
“Dastlab, Qorakamar va Masanchi qishloqlari aholisi o‘rtasida maishiy kelishmovchilik yuz bergan. Qorakamarlik qari erkakni qattiq kaltaklashgan. Masanchini bizning regionda dungan anklavi deb atashadi. Qishloqning 90 foiz aholisi dunganlar. Qozoq va qirg‘izlar juda oz”, degan mahalliy fuqaro.
Qishloqlar orasidagi masofa 3 kmdan ortiq emas. Uni Talos daryosi ustidagi ko‘prik ajratib turadi. Guvohning so‘zlariga ko‘ra, Qorakamar aholisini dunganlarning politsiya xodimini kaltaklashi hayron qoldirgan. Politsiya xodimini idoraga nostandart davlat raqam belgili avtomobilda yetkazmoqchi bo‘lishgan.
Qazaqtың qorg‘anы bola almasa sol senіp jүrgen үkіmet politseylerіmіz ,sheshe almasaңdar өzіmіz shыg‘amыz әrine, basqa shыqqan iіtterdің tanauыn tyыp ! pic.twitter.com/g00kKSPE85
— Glo-bomb (@oktem_kz) February 7, 2020
“Politsiyadan yashirinishga uringan qoidabuzar o‘z uyi oldida to‘xtadi. Uning qarindoshlari ortidan kelgan politsiya xodimlariga qarshilik ko‘rsatib, ularga tan jarohati yetkazdi”, deyiladi politsiyaning rasmiy bayonotida.
Shu ikki voqeadan bir necha soat o‘tib, odamlar Masanchi qishlog‘idagi uylarni yoqish uchun yo‘lga tushgan. Tarqalgan videolarda o‘q otilganiga o‘xshash ovozlar ham eshitiladi. Biroq kim o‘q uzayotganini aniqlashning imkoni yo‘q.
Keyinroq politsiya Masanchida vaziyat barqarorlashganini ma’lum qildi.
Ammo bu axborot Dunganlarning Qozog‘iston assotsiatsiyasi raisi Xuseyem Daurov tomonidan inkor qilindi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qishloqda otishma boshlangan va vaziyat keskinlashyapti.
LiveBarchasi