Qozog‘istonning yangi Bosh vaziri Hukumatning asosiy vazifasini ochiqladi

Olam

image

Qozog‘iston Bosh vaziri Alixan Smailov yangi Vazirlar mahkamasining birinchi yig‘ilishida Hukumatning vazifasi mamlakatni keng ko‘lamli inqirozdan olib chiqish ekanini aytdi.

“Hurmatli hukumat a’zolari, biz butun mamlakat uchun og‘ir pallada davlat rahbarining yuksak ishonchini oqlashimiz kerak. Yangi hukumat Prezident tomonidan qo‘yilgan fuqarolarning hayot sifatini oshirishga qaratilgan vazifalarni bajarish uchun barcha sa’y-harakatlarini amalga oshirishi kerak. Mamlakatni keng ko‘lamli inqirozdan olib chiqishimiz kerak”, degan u yig‘ilishni ochib. 

Smoilovning so‘zlariga ko‘ra, bular juda murakkab va keng ko‘lamli vazifalardir. 

“Bizning ishimizdan haqiqiy natijalarni kutishmoqda”, deya xulosa qilgan u. 

Ma’lumot o‘rnida, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev joriy yilning 5 yanvar kuni Respublika hukumatini iste’foga chiqarish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, Smailov Bosh vazir vazifasini bajaruvchi bo‘ldi, 11 yanvarda esa u bu lavozimga tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

139

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing