Qozog‘istonning yana ikki viloyatiga parranda grippi yetib bordi

Olam

image
Qozog‘istonning O‘zbekiston bilan chegaradosh viloyatlarida ham parranda grippi tarqaldi north_east

Qozog‘istonning O‘zbekiston bilan chegaradosh viloyatlarida ham parranda grippi tarqaldi

Qozog‘istonning Aqto‘be va Qizilo‘rda viloyatlari shuningdek, Chimkent shahrida ham parranda grippi tarqalib, jonivorlar o‘la boshladi. Bungacha Oqmo‘la, Qorag‘anda, Kostanay, Pavlodar, Shimoliy-Qozog‘iston, Jambil va Turkiston viloyatlarida ushbu virus tarqala boshlagandi.

Bugun, 30 sentyabr kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligida Bosh vazir o‘rinbosari Roman Sklyar boshchiligida parranda grippi bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha idoralararo komissiyaning yig‘ilishi o‘tkazildi.

Uchrashuvda yuqori patogenli parranda grippining manbasi borasida ma’lumot berildi. Milliy veterinariya markazi ma’lumotlariga ko‘ra, parranda grippi manbai va tashuvchisi shimoldan janubga ko‘chgan qushlar bo‘lgan. Bu o‘lgan parrandalarni o‘rganish natijasida aniqlangan.

Roman Sklyar yig‘ilish yakunida davlat idoralariga parranda grippi keltiraishi mumkin bo‘lgan talafotlarni maksimal darajada kamaytirish uchun barcha choralarni ko‘rishga ko‘rsatma bergan.

Ma’lumot uchun, Qozog‘istonda parranda grippi sentyabr oyining o‘rtalaridan tarqala boshladi. Hozirgacha ushbu kasallikdan 200 mingdan ortiq parranda nobud bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston parranda grippi

Baholaganlar

108

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing