Qozog‘istonning O‘zbekiston bilan chegaradosh viloyatlarida ham parranda grippi tarqaldi
Jamiyat
−
24 Sentabr 2020
21923Qozog‘iston shimolida tarqalgan parranda grppi janubga ham yetib keldi. Hozirgacha mamlakatning yetti viloyatida parrandalarning o‘limi qayd etildi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi "Sputnik" nashriga ma’lum qildi.
Oqmo‘la viloyatida shaxsiy yordamchi xo‘jalikda 703 ta parranda halok bo‘lgan. Qorag‘anda viloyatida shaxsiy yordamchi xo‘jalikda 102 ta parranda o‘lgan. Shundan 12 tasi bir sutkada halok bo‘lgan. Kostanay viloyatida yordamchi xo‘jaliklarda 2 218 ta va parrandachilik fermalarida 109 567ta jonivor nobud bo‘lgan. Ularning 1 112 va 109 567 tasi mos ravishda so‘nggi sutkada o‘lgan.
Pavlodar viloyatida shaxsiy yordamchi xo‘jalikda 2 753 ta parranda halok bo‘lgan. Shimoliy-Qozog‘iston viloyatida shaxsiy yordamchi xo‘jalikda 13 806 ta va parrandachilik fermalarida 93 849 ta parranda nobud bo‘lgan. So‘nggi sutkada 40 678 ta parranada o‘lgan.
O‘zbekiston bilan chegaradosh Jambil viloyatida 238 ta parranda o‘lgan. Shundan 6 o‘lim so‘nggi sutkada qayd etilgan. Shuningdek, Turkiston viloyatida yordamchi xo‘jaliklardagi 273 ta parranda o‘lgan. Ularning 196 tasi bir sutkada halok bo‘lgan.
“Yordamchi xo‘jaliklarda 20 ming bosh va ikkita parrandachilik fermasida 203 ming parranda nobud bo‘ldi. “Bishkul” fermasida 93 849 bosh va “Agrointerptitsa”da 109 567 bosh”, deyiladi vazirlik xabarida.
Mamlakatda parrandalarni vaksinalash ishlari olib borilyapti. Buning uchun yillik 3 377 900 doza vaksinaga respublika zahirasidan yana 2 374 666 doza ajratilgan. Qo‘shimcha 699 355 doza vaksina sotib olinyapti. Ular 1 oktyabrgacha yetkaziladi.
Qozog‘istonning Shimoliy-Qozog‘iston viloyatidagi yettita tumanda yuqori patogenli parranda grippi tarqalgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi