Qozog‘istonning sobiq bosh transport prokurori Germaniyada qo‘lga olindi

Olam

image

Qozog‘istonning iltimosiga binoan xalqaro hamkorlik doirasida Interpol Germaniyaning Fyurt shahrida xalqaro qidiruvda bo‘lgan qozog‘istonlikni qo‘lga oldi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, ushlangan ushbu shaxs Maqsat Duysenov bo‘lib, u avval 2013-2014 yillarda Qozog‘iston Xavfsizlik kengashi sektor mudiri va 2016-2018 yillarda Korrupsiyaga qarshi kurash milliy byurosi rahbari o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2018 yilning yanvar oyida u o‘sha paytdagi Bosh prokuror Qayrat Kojamjarov buyrug‘i bilan Qozog‘iston bosh transport prokurori etib tayinlangan edi.

2025 yilning avgust oyi oxirida Maqsat Duysenov qidiruvga berilgan edi. Bir necha kundan keyin Qayrat Kojamjarovga nisbatan ham tergov boshlangani ma’lum bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 sentyabr kuni Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu va tadbirkor Gaji Gajiyev hibsga olingani haqida xabar berilgandi. Vazir Nurtleu hibsga olingani haqidagi mish-mishlardan so‘ng mamlakat Madaniyat va axborot vaziri Aida Balayeva bayonot bilan chiqdi. U ushbu ma’lumotlarni rad etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Qozog'iston Interpol Maqsat Duysenov Qayrat Kojamjarov transport prokurori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing