Qozog‘istonning qattiq sovug‘ida qolgan 20 nafar o‘zbekistonlik qutqarildi
Olam
−
13 dekabr 2023
7029Qozog‘istonning Qarag‘andi viloyati huquq-tartibot idoralari xodimlari qattiq sovuqda trassada qolgan 20 nafar O‘zbekiston fuqarosiga yordam ko‘rsatdi. Bu haqda "Kazinform" xabar berdi.
Unga ko‘ra, 12 dekabr kuni kechqurun Qarag‘andi viloyati politsiya departamenti xodimlari Qarag‘andidan Aqmola viloyati chegarasigacha bo‘lgan asosiy trassada kuzatuv o‘tkazgan.
Politsiyachilar Temirtau tashqarisidagi pullik terminalda yo‘lovchilar bilan to‘xtab qolgan avtobusni payqab qolgan. Janubiy hududdan Astana shahriga ketayotgan 20 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan yo‘nalish avtobusi yo‘l yopiqligi sababli to‘xtashga majbur bo‘lgan. Ular yakshanba kuni yo‘lga chiqqan bo‘lib, Balqashda qattiq ayoz tufayli bir kun to‘xtashga majbur bo‘lgan. Seshanba kuni harakatni davom ettirishgan, lekin qattiq sovuq tufayli yana Temirtaudan tashqarida to‘xtab qolgan.
"Xorijiy fuqarolar eng yaqin aholi punktiga yetib borishda yordam so‘rab, yonilg‘i zaxirasi va pullari tugab qolgani sababli politsiyaga murojaat qilgan. Dori-darmoni tugab qolgan qandli diabetga chalingan ayolga ham yordam ko‘rsatish zarurati tug‘ilgan. O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobus xizmat mashinalari hamrohligida Osakarovka qishlog‘iga olib borilgan. Bu yerda odamlar madaniyat markaziga joylashtirilib, issiq ovqat bilan ta’minlandi", deyiladi xabarda.
LiveBarchasi