Qozog‘istonning avgustdagi Markaziy Osiyo sammitidan umidi katta

Olam

image

Qozog‘iston Bosh vaziri o‘rinbosari – Tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu XXI asrda Markaziy Osiyoni rivojlantirish bo‘yicha do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma mintaqadagi barcha davlatlar tomonidan imzolanishiga umid bildirdi. Bu haqda Nurtleu Ostonada Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari – Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida ma’lum qildi. 

“Biz joriy yilning avgust oyida Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining oltinchi maslahat uchrashuviga tayyorgarlikni muhokama qildik, Markaziy Osiyoni XXI asrda rivojlantirish bo‘yicha do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma mintaqaning barcha davlatlari tomonidan imzolanishiga umid qilamiz”, deydi Qozog‘iston TIV rahbari. 

Nurtleuning so‘zlariga ko‘ra, tranzit transport hamkorligini rivojlantirishga ham e’tibor qaratilmoqda va Qozog‘iston-Turkmaniston-Eron temiryo‘lini rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishilganini ma’lum qildi. 

“Ostona va Ashxobod transkontinental yuk tashish tizimining muhim va samarali a’zolari hisoblanadi. Osiyo – Yevropa, Osiyo – Yaqin Sharq yo‘nalishlarining rivojlanishi mamlakatlarimizning jahon hamjamiyatidagi rolini kuchaytirishiga ishonamiz”, deydi u. 

Shartnoma haqida

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining oltinchi maslahat uchrashuvi 2024 yil 9 avgust kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tadi. Joriy yilning may oyida Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Ostonadagi sammitning asosiy natijalaridan biri Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida tarixiy do‘stlik va hamkorlik shartnomasini imzolash jarayonining yakunlanishi bo‘lishi mumkinligini aytgan edi. 

2022 yil iyul oyida Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining to‘rtinchi maslahat uchrashuvida Qirg‘iziston Prezidentlari Sadir Japarov, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev XXI asrda Markaziy Osiyoni rivojlantirish bo‘yicha do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzoladi.

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov o‘z mamlakatlarida ichki davlat tartib-qoidalari tugagandan so‘ng hujjatni imzolashi rejalashtirilgan edi. Hozirda ushbu masala bo‘yicha muzokaralar jarayoni davom etmoqda. 

Do‘stlik shartnomasi XXI asrda Markaziy Osiyoni rivojlantirish yo‘lidagi yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik tomonlarning mintaqada mustahkam tinchlikni ta’minlash, Markaziy Osiyo davlatlarining barqaror va izchil rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida o‘z sa’y-harakatlarini birlashtirish niyatida ekanligini anglatadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Markaziy Osiyo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made