Qozog‘istonni tanqid qilgan rossiyalik deputat mamlakatga kiritilmadi

Olam

image

Rossiya Davlat Dumasi deputati, MDH, Yevroosiyo integratsiyasi va vatandoshlar bilan aloqalar qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Konstantin Zatulin tashrifining Qozog‘iston tomonidan ma’qullanmagani sabab mamlakatga kiritilmadi. Bu haqda “Orda.kz” xabar berdi. 

Qayd etilishicha, muammo Rossiya Tashqi ishlar vazirligining vaziyatga aralashuvi bilan hal qilingan. 

Ma’lumot uchun, o‘tgan yilning iyun oyida Zatulin Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning mamlakat DXR va LXRni tan olmasligini ma’lum qilganiga javoban “Govorit Moskva” radiostansiyasiga bergan intervyusida Rossiya ittifoqchilari sheriklikka "bufet kabi munosabatda bo‘lishlari”ni aytgandi. 

“Ular, asosan, ruslar yashaydigan bir qator viloyatlar, aholi punktlarining Qozog‘iston deb atalgan hududga umuman aloqasi yo‘qligini juda yaxshi bilishadi. Biz hamma joyda va har yerda, shu jumladan Ukrainaga nisbatan ham aytamiz: agar bizda do‘stlik, hamkorlik va sheriklik bo‘lsa, unda hududiy masalalar ko‘tarilmaydi. Agar bunday bo‘lmasa, Ukraina misolida bo‘lgani kabi hammasi bo‘lishi mumkin”, degan edi deputat.

O‘tgan yilning sentyabr oyida “Moskovskiy komsomolets” nashriga bergan intervyusida esa Zatulin qozoq banklarining MIR kartalari bilan ishlashdan bosh tortishi haqida fikr bildirgan. U mamlakat ushbu harakat bilan “katta tavakkal” qilganini ta’kidlagan. 

Qozog‘iston parlamentida rossiyalik deputatning bayonoti “nodo‘stona” va “provokatsion” deb baholangan. 

O‘tgan yilning oktyabrida, Armaniston ham Zatulinning tashrifini uning bayonotlari tufayli nomaqbul deb hisoblagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Zatulin ommaviy intervyularida Armanistonni 44 kunlik urush (Ikkinchi Qorabog‘ urushi)dagi mag‘lubiyatda bir necha bor ayblagan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston rossiyalik deputat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing