Qozog‘istonliklar Darig‘a Nazarboyevaning “payiga tushdi”

Olam

image

Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevning qizi Darig‘a Nazarboyeva zudlik bilan parlament deputatligidan  iste’foga chiqishi talab qilingan jamoaviy murojaatga imzo yig‘ish boshlandi. Bu haqda KazTAG ma’lum qildi.

“Qozog‘iston Birinchi Prezidentining to‘ng‘ich qizi Darig‘a Nazarboyevaning iste’foga chiqishi mumkinligi haqidagi masala anchadan beri kun tartibida bo‘lib kelgan, biroq Nazarboyeva Markaziy saylov komissiyasiga rasmiy ariza topshirmagan. Uning yordamchisiga ko‘ra, Darig‘a Nazarboyeva koronavirus bilan kasallangan, shuning uchun u ta’tilida. Ba’zi manbalar uning Dubayda ekanligini aytdi. Biz Darig‘a Nazarboyevaning iste’fosini talab qilamiz!”, deyiladi bugun, 11 fevral kuni chop etilgan petitsiyada.

Avvalroq, “Nur Otan” partiyasi deputati Aydos Sarim Nazarboyevning qizi yanvar voqealaridan keyin iste’foga chiqishi kerakligini aytgan edi. 

Ma’lumot o‘rnida, parlament deputati Darig‘a Nazarboyeva yanvar oyida bo‘lib o‘tgan talato‘plardan beri palata majlislariga kelmayapti. Uning yordamchisi ayni vaqtda Darig‘a Nazarboyeva maoshsiz ta’tilda ekanini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil yilning 2 may kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Senat Raisi Darig‘a Nazarboyevaning vakolatini tugatish to‘g‘risida farmonni imzolagandi. Shuningdek, uning xizmatlari uchun minnatdorlik bildirgan. 

Darig‘a Nazarboyeva 2019 yilda otasi prezidentlikdan iste’foga chiqqach, Senat raisi etib saylangan edi. Undan avvalgi Senat raisi Qosim-Jomart To‘qayev mamlakat Prezidenti bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

328

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing