Qozog‘istonlik yigit blogpostdan kelinni mashina yukxonasida olib o‘tmoqchi bo‘ldi

Olam

image

Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatidagi chegara o‘tkazish punkti xodimlari mashina yukxonasida yashiringan ayolni aniqlashdi. Bu haqda bugun, 24 aprel kuni Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, “AUDI” rusumli mashina egasi ayolni bo‘lajak turmush o‘rtog‘i deb tanishtirgan. Blogpost xodimlari unga karantin qoidasini buzganlik uchun ma’muriy bayonnoma tuzgan.

“Joriy yilning, 23 aprel kuni “AUDI” avtomashinasi tekshirish uchun to‘xtatildi. Tekshiruv natijasida 35 yoshli ayol mashina yukxonasida yashiringani aniqlandi. Haydovchi bu ayol uning bo‘lajak turmush o‘rtog‘i ekanligini iddao qildi“, deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Qoidabuzarlarga nisbatan Qozog‘iston Respublikasi Ma’muriy kodeksning 476-moddasi 1-qismiga binoan favqulodda holat rejimini buzganlik to‘g‘risida ma’muriy bayonnoma tuzildi. Ularning har biri, sud qarori bilan, 27,7 ming tenge miqdorda jarima to‘ladi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda koronavirus bilan bog‘liq 2 334 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 560 nafari sog‘aygan, 22 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 1 752 kishini tashkil qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Karantin Koronavirus Qozog'istonda

Baholaganlar

132

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing