Qozog‘istonlik tadbirkor FIDE prezidenti etib saylandi
Sport
−
15:15 1088 1 daqiqa
Qozog‘istonlik tadbirkor va shaxmat funksioneri Timur Turlov Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) prezidenti etib saylandi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.
Bugun, 26 sentyabr kuni Samarqand shahrida FIDE Bosh assambleyasi bo‘lib o‘tmoqda. Prezidentlik saylovida Turlovning raqiblari germaniyalik Vadim Rozenshteyn va Yan Xenrik Byuttner bo‘ldi.
Shu kunga qadar ushbu lavozimni FIDE prezidentining o‘rinbosari, Hindistonning 15-jaxon chempioni Vishvanatan Anand vaqtincha bajarib kelayotgandi. Tashkilotning sobiq prezidenti rossiyalik Arkadiy Dvorkovich sanksiyalar sabab ushbu lavozimni tark etgandi.
Ma’lumot uchun, 38 yoshli Timur Turlov Moskvada tug‘ilgan. Rossiyada faoliyat yuritgan davrida u Freedom Holding Corp investitsiya xoldingiga asos solgan. Kompaniya hozirda AQSHda joylashgan. Turlov 2023 yildan buyon Qozog‘iston shaxmat federatsiyasiga rahbarlik qilib kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 25 sentyabr kuni Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining 9-turida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi AQSH ustidan g‘alaba qozongandi. Ushbu g‘alabadan keyin O‘zbekiston 16 ochko bilan yaqqol peshqadamga aylandi. Undan keyingi o‘rinlarda 15 ochko bilan Hindiston va O‘zbekiston-2 terma jamoalari bormoqda.
Live
Barchasi