Qozog‘istonlik “qonundagi o‘g‘ri” Rossiyadagi koloniyada o‘lik holda topildi

Olam

image

Kriminal doiralarda “Lexa Semipalatinskiy” nomi bilan tanilgan 66 yoshli Qozog‘iston fuqarosi Aytkali Maymushev Rossiyadagi koloniyada osilgan holda topildi. Bu haqda “Praym Kraym” xabar berdi.

Maymushev 2022 yilning yanvar oyida Moskvadagi barlardan birida hibsga olingan. Shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazish chog‘ida undan metadon moddasi topilgan. U jazoni Kareliya Respublikasining (Rossiya sub’ekti) Nadvoitsi qishlog‘idagi axloq tuzatish koloniyasida o‘tagan.

Aytkali Maymushev “Lexa Maymish”, “Lexa Semipalatinskiy” va “Titanik” taxalluslari bilan kriminal doiralarda nom qozongan edi.

Maymushev 2023 yil yozda Moskva shahar sudi tomonidan 9 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi. Sud uni “jinoyat iyerarxiyasida yuqori lavozimni egallash” va giyohvand moddalar savdosida aybdor deb topgandi. Sud 1997 yildan beri u Leningrad, Ivanovo, Moskva viloyatlari, Moskva, Sankt-Peterburg va Rossiyaning boshqa hududlarida “jinoiy faoliyatning turli sohalarini” nazorat qilganini aniqlagan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili oktyabr oyida qirg‘izistonlik kriminal avtoritet Qamchibek Ko‘lboyev (Qamchibek Asanbek) Bishkekda o‘ldirilgandi. Qamchibek Asanbek Qirg‘iziston va MDHdagi eng nufuzli “vorzakon”lardan biri edi. Taxallusi – “Kolya Qirg‘iz”. U narkotik biznesi, qurol-yarog‘ savdosi, tovlamachilik, qora ko‘chmas mulk, talonchilik, avtomashina o‘g‘irlash, banditizm, pul yuvish, davlat mulkini o‘g‘irlash va buyurtma asosida qotillik qilish bilan shug‘ullangan. U Qirg‘izistondagi millionerlardan biri edi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'istonlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing