Qozog‘istonlik futbolchi “Chelsi”ga o‘tadigan bo‘ldi
Sport
−
17 yanvar 2025 29489 1 daqiqa
Olmaotaning “Qayrat” va Qozog‘iston yoshlar terma jamoasining 16 yoshli markaziy hujumchisi Doston Satpayev faoliyatini Londonning “Chelsi” klubida davom ettiradi. Bu haqda “Metaratings” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, transfer yaqin vaqt ichida amalga oshiriladi. Satpayev dekabr oyida London klubiga ko‘rikdan o‘tish uchun borgan.
Doston Satpayev “Qayrat” akademiyasi bitiruvchisi hisoblanadi. Futbolchining Qozog‘iston klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning 31 dekabriga qadar mo‘ljallangan. Shuningdek, forvard sardori bo‘lgan Qozog‘iston U-17 terma jamoasi safida 10 ta o‘yin o‘tkazgan. Bu o‘yinlarda hujumchi 4 ta gol urgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”da qaysi raqam ostida to‘p tepishi xabar qilingandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025