Qozog‘istonga 4 ta yo‘nalishda avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi
Jamiyat
−
02 may 2019
7100Bugun, 2 may kunidan “Uzavtotrans Service” MCHJ korxonasi Qozog‘istoning 4 ta shahriga muntazam qatnovlarni amalga oshira boshladi.
Qatnovlar Toshkent-Turkiston, Toshkent-Olmaota, Toshkent-Ushkunur, Chirchiq-Ushkunur yo‘nalishlarida amalga oshiriladi. Mazkur yo‘nalishlarda barcha qulayliklarga ega zamonaviy YUTONG avtobuslari xizmat ko‘rsatadi. Chiptalarni Toshkent avtovokzali kassalaridan harid qilish mumkin.
Toshkent-Turkiston yo‘nalishi chipta narxi 50 000 so‘m, Toshkent-Olmaota yo‘nalishi chipta narxi 101 000 so‘m, Toshkent- Ushkunur yo‘nalishi chipta narxi 101 000 so‘m, Chirchiq- Ushkunur yo‘nalishi chipta narxi 90 000 so‘m.
Shuningdek, korxona tomonidan yaqin orada “Toshkent – Nur-Sulton (Qozog‘iston)”, “Toshkent – Taraz (Qozog‘iston)”, “Toshkent – Qizilo‘rda (Qozog‘iston)”, “Samarqand – Turkiston (Qozog‘iston)”, “Samarqand – Dushanbe (Tojikiston)”, “Toshkent – Qozon (Rossiya Federatsiyasi)”, “Toshkent – Ufa (Rossiya Federatsiyasi)”, “Toshkent – Omsk (Rossiya Federatsiyasi)”, “Toshkent – Petropavlovsk (Rossiya Federatsiyasi)” yo‘nalishlarida ham muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
Kelajakda Xitoy Xalq Respublikasi, Turkmaniston, Rossiya Federatsiyasi hamda Qirg‘isizton Respublikalarining shaharlariga O‘zbekistonning turli viloyatlaridan yo‘nalishlar tashkillashtirish rejalashtirilgan.
LiveBarchasi