Qozog‘istondan 40 nafar o‘zbekistonlik chiqarib yuborildi (video)

3-sahifa

image

Qozog‘istonning Olmaota shahridan migratsiya tartibini buzgan 40 nafar O‘zbekiston fuqarosi mamlakat hududidan chiqarib yuborildi. Bu haqda Olmaota politsiya departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ular maxsus reys avtobuslari orqali Qozog‘iston-O‘zbekiston davlat chegarasigacha barcha xavfsizlik talablariga rioya qilingan holda yetkazilgan.

“Biz shaharda chet ellik fuqarolarning migratsiya qonunchiligiga rioya qilishini va qonuniy yashash tartibini nazorat qilib boramiz. Tartibni buzgan fuqarolar qonunchilikka muvofiq mamlakat hududidan chiqariladi. Bizning vazifamiz – huquqiy tartibni ta’minlash, shahar aholisi xavfsizligini himoya qilish va Qozog‘istonda bo‘lgan barcha shaxslarning qonunlarga bo‘ysunishini ta’minlash”, deydi Olmaota Migratsiya xizmati boshqarmasi boshlig‘i Erkin Omontoyev.

Shuningdek, xabarda aytilishicha, har bir shaxs hujjatlari rasmiylashtirilgan holda va chegaragacha xavfsiz transport nazorati bilan mamlakatdan chiqarish yuborilgan.

Ma’lumot uchun, Qozog‘istonda 2026 yil boshidan buyon 20 662 nafar migratsiya qonunchiligini buzgan shaxs aniqlanib, ma’muriy chora ko‘rilgan. Shu bilan birga, 235 nafar chet ellik Qozog‘istondan chiqarib yuborilgan. Qonuniy yashash tartibini buzgan 982 nafar xorijlik fuqaro javobgarlikka tortilgan. 

Bundan tashqari, xorijliklarning Qozog‘istonda qonuniy yashashini ta’minlamagani sababli 269 nafar mas’ul shaxs hamda ishchi kuchini jalb qilish qoidalarini buzgani uchun 201 nafar ish beruvchi javobgarlikka tortilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvoroq Qozog‘istondan immigratsiya qonunchiligini buzgani uchun 2600 dan ortiq chet el fuqarosi deportatsiya qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston O'zbekiston Olmaota migratsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing