Qozog‘istondagi YTHda vafot etgan o‘zbeklarning shaxsi ma’lum qilindi

Jamiyat

image

20 aprel shanba kuni tonggi soat 05:09da Qozog‘istonning Jambul viloyati Qorday tumanidagi “Chimkent-Olma-ota” trassasining 181-kilometrida avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan edi. Avtobusda jami 49 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida 11 kishi halok bo‘lgan. Ularning uch nafari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridir: 

Abduxoliqov O‘rinboy Mirhamid o‘g‘li 1993 yilda Toshkent viloyati Ohangaron tumanida tug‘ilgan;
Yormekboyeva Dilorom Abduxoliqovna 1972 yilda Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanida tug‘ilgan;
Kalmuratov Alisher Safarbayevich 1988 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida tug‘ilgan.

Shuningdek avtobusda bo‘lgan 32 nafar yo‘lovchi turli darajadagi tan jarohati olgan, ularning 13 nafari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridir. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

163

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing