Qozog‘istondagi o‘rmon yong‘inida halok bo‘lganlar soni 14 nafarga yetdi

Olam

image

Qozog‘istonning Abay viloyatidagi o‘rmon yong‘inida halok bo‘lganlar soni 14 kishiga yetdi. Bu haqda Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi

Abay viloyatidagi yong‘inni o‘chirish bo‘yicha tezkor shtab ma’lumotlariga ko‘ra, qidiruv ishlari davomida yana 11 kishining jasadi topilgan. Halok bo‘lganlarning shaxsi aniqlanmoqda. 

Mamlakat Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev hukumatga Abay viloyatidagi yong‘inlarga qarshi kurashish, tabiiy ofat tarqalishining oldini olish, fuqarolar va ularning mol-mulki xavfsizligini ta’minlash uchun barcha mavjud texnik va inson resurslarini ishga solish bo‘yicha topshiriq bergan.

Yong‘inni o‘chirish uchun vertolyot keltirilgan. Bundan tashqari, o‘rmon yong‘inini o‘chirishga yordam berish uchun uch viloyat (Olmaota, Qarag‘anda va Jetisu)dan qutqaruvchilar yuborilgan. Dastlabki yong‘in maydoni 60 ming gektardan ortiqni tashkil etadi.

Hududdagi yong‘in tufayli 316 kishi evakuatsiya qilingan. Hukumat va Abay viloyati hokimligiga halok bo‘lganlarning oila a’zolariga barcha zarur yordamni ko‘rsatish topshirilgan. Yong‘in tufayli evakuatsiya qilingan aholi uchun Semeyda 9 ta punkt tayyorlandi. Shuningdek, davlat rahbari Qosim-Jomart To‘qayev 11-13 iyun kunlariga mo‘ljallangan Vetnamga rasmiy tashrifini qoldirgan.

Ma’lumot uchun, Abay viloyati Qozog‘iston Respublikasining ma’muriy-hududiy birligi bo‘lib, shimolda Rossiya, janubi-sharqda Xitoy bilan chegaradosh.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘rmon xo‘jaligining bedarak yo‘qolgan 3 nafar xodimining jasadi topilgan edi. Shu tariqa qurbonlar soni 14 kishiga yetdi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston O'rmon yong'inlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing