Qozog‘istondagi saylov: 100 ga yaqin namoyishchi hibsga olindi

Olam

image

Qozog‘istonning “Nur Otan” (“Vatan nuri”) partiyasi 10 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Majilis (parlamentning quyi palatasi) deputatlari saylovida 71,09 foiz ovoz to‘plab, g‘alaba qozondi. Olmaota markazida ro‘yxatdan o‘tmagan “Qozog‘iston Demokratik partiyasi” va “Oyan, Qozog‘iston” harakatining 100 ga yaqin vakili hibsga olingan.

Saylovlarni noqonuniy deb hisoblagan namoyishchilar Ostona maydoniga to‘plandi. Dastlab 30 dan 40 gacha odam hibsga olingan. Keyinchalik, 15-20 kishilik namoyishchilar guruhiga xavfsizlik kuchlari tomonidan Panfilov ko‘chasida bosim o‘tkazilgan, Yana bir necha kishi Tole Bi ko‘chasi bilan kesishgan joyda qolgan.

Shuningdek, politsiya Respublika maydoni hududida ro‘yxatdan o‘tmagan “Demokratik partiya”ning kamida 30 tarafdorini hibsga olgan. Partiyaning yana 70 vakili va “Oyan, Qozog‘iston” harakatining kamida 20 a’zosi Satpayev ko‘chasida, Do‘stik va Nazarboyev prospektlari o‘rtasida to‘xtatilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev parlament deputatlari saylovi munosabati bilan norozilik bildirmoqchi bo‘lganlarga nisbatan repressiv choralar ko‘rilmasligini aytgandi.

Ma’lumot uchun, Qozog‘istondagi parlament saylovlarining ovoz berish natijalariga ko‘ra uch partiya: “Nur Otan”, “Oq yo‘l” va Qozog‘iston Xalq partiyasi parlamentga kirish huquqiga ega bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

76

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing