Qozog‘istondagi dahshatli YTHda 31 yoshli o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida Qozog‘istonda sodir bo‘lgan YTHda 31 yoshli O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 29 oktyabr kuni Aqto‘be viloyati hududidan o‘tgan Samara-Chimkent avtomobil yo‘lining 606-kilometrida sodir bo‘lgan YTHda uch kishi, jumladan, bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgan. 34 yoshli tojikistonlik haydovchi boshqaruvidagi Kia Rio mashinasini 31 yoshli O‘zbekiston fuqarosi boshqaruvidagi Captiva bilan to‘qnashgan.

Hodisa oqibatida ikkala haydovchi va bir yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgan. Shuningdek, avtomashinaning ikki nafar yo‘lovchisi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 345-moddasi (avtotransport vositasini boshqarayotgan shaxs tomonidan yo‘l harakati yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish, ehtiyotsizlik oqibatida ikki yoki undan ortiq shaxsning o‘limiga sabab bo‘lishi)  4-qismi bilan tergovga qadar tergov harakatlari boshlangan. 

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida O‘zbekistonning 4 nafar fuqarosi vafot etgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

YTH Qozog'iston o'zbekistonlik Captiva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing