Qozog‘istondagi chiqindi zavodida 37 nafar o‘zbekistonlik ushlandi

Olam

image

Qozog‘iston poytaxtidagi chiqindini qayta ishlash zavodida noqonuniy ishlab yurgan 37 nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olindi. Bu haqda "Zakon.kz" xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qozog‘iston Respublikasi IIV Migratsiya xizmati qo‘mitasi kun davomida Ostonada 119 nafar noqonuniy mehnat muhojirini aniqlagan. Shuningdek, besh nafar xorijlik intim xizmatlarini ko‘rsatayotgani ma’lum bo‘lgan. 

Jumladan, chiqindilarni qayta ishlash korxonasi hududida olib borilgan ishlar davomida ham noqonuniy mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan o‘zbekistonliklarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilgan.

Bundan tashqari, xonadonlar, yotoqxonalar, qurilish maydonchalari, ishlab chiqarish maydonlari va bozorlar ko‘zdan kechirilgan.

Migratsiya xizmati qo‘mitasi xodimlari qonunchilikka rioya qilishga chaqirib, tegishli ruxsatnomasiz qolgan xorijliklarni ish beruvchi tomonidan qayta ishga yollash uchun jinoiy javobgarlik haqida ogohlantirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston 37 nafar o'zbekistonlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing