Qozog‘istonda yuz bergan yong‘in oqibatida 4 nafar bola halok bo‘ldi
Olam
−
24 fevral
4118Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatidagi xonadonlardan birida yuz bergan yong‘inda 4 nafar bola halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.
Kecha, 23 fevral kuni Qarag‘anda viloyatining Karkarali tumanidagi Taldi qishlog‘ida 2 xonadonli bir qavatli turarjoy binosida yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘inda uyning 10 kv.m maydoni yonib ketgan.
Yong‘in oqibatida 2019, 2020, 2021 va 2022 yillarda tug‘ilgan 4 nafar bola halok bo‘lgan. Yong‘in sodir bo‘lgan vaqtda bolalar uyda yolg‘iz bo‘lgan.
Mahalliy ijro hokimiyati organlari va aholi tomonidan jabrlangan oilaga zarur yordam ko‘rsatilmoqda.
Mazkur yong‘in yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda va ekspertiza tayinlangan.
LiveBarchasi