Qozog‘istonda yuz bergan o‘rmon yong‘ini bo‘yicha jinoiy ish ochildi

Olam

image

Joriy yilning 8 iyun kuni Qozog‘istonning Abay viloyatida yuz bergan o‘rmon yong‘ini bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda mamlakat Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati xabar berdi.

“8 iyun kuni Abay viloyatidagi o‘rmon hududida sodir bo‘lgan yong‘in bo‘yicha Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 292-moddasi 3-qismi (yong‘in xavfsizligi talablarini buzish, ehtiyotsizlik oqibatida ikki yoki undan ortiq shaxsning o‘limiga sabab bo‘lish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Davlat rahbari nomidan jinoyat ishini maxsus prokurorlar o‘z zimmasiga oldi”, deyiladi Bosh prokuratura xabarida. 

Keltirilishicha, ushbu hodisa bo‘yicha huquqni muhofaza qilish va maxsus idoralarning tajribali xodimlaridan iborat idoralararo tergov-tezkor guruhi tuzilgan.

“Bundan tashqari, odamlarning o‘limiga sabab bo‘lgan va atrof-muhitga jiddiy zarar yetkazilgan og‘ir oqibatlarni inobatga olib, maxsus prokuror tomonidan ehtiyotsizlik fakti bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi”, deya qo‘shimcha qilgan nazorat organi.

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tergov-surishtiruv ishlari doirasida mas’ul mansabdor shaxslarning harakatlariga tegishli huquqiy baho beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston o'rmon yong'ini jinoiy ish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing