Qozog‘istonda yirik o‘rmon yong‘inlari yuz berdi
Olam
−
05 aprel 3305 1 daqiqa
Kecha, 4 aprel kuni tushdan keyin Qozog‘istonning Abay viloyati Qo‘yanbay qishlog‘ida quruq o‘t yonib ketdi. Yong‘in tezligi sekundiga 26 metrgacha bo‘lgan kuchli shamol tufayli tez tarqaldi va katta hududni egalladi. Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tez uchqullangan yong‘in dasht “Semey o‘rmoni” tabiiy qo‘riqxonasining o‘rmon massiviga o‘tgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbari Chingiz Arinovning topshirig‘iga ko‘ra, yong‘in joyida qutqaruvchilar guruhi ko‘paytirilgan.
“Yong‘in FVB, “Semey o‘rmonlari” va “Irtish o‘rmonlari” o‘rmon xo‘jaliklari kuchlari tomonidan o‘chirilmoqda”, deyiladi xabarda.
Vazirlik xabariga ko‘ra, yong‘inni o‘chirishga 240 kishi va 96 ta texnika jalb qilingan. Abay viloyatidagi yong‘in joyini tekshirish uchun aerovizual parvoz amalga oshirilgan.
Bugun, 5 aprel kuni qutqaruvchilar Abay viloyatidagi tabiiy yong‘in qurshab olinganini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreyaning janubi-sharqiy mintaqasida davom etayotgan o‘rmon yong‘inlarida halok bo‘lganlar soni 24 kishiga yetgani haqida xabar berilgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr