Qozog‘istonda yana 2 kishida koronavirus aniqlandi
Olam
−
14 mart 2020 10530 2 daqiqa
Avvalroq, Qozog‘istonda 4 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar bergan edik.
Bugun, 14 mart kuni qo‘shni respublikada yana 2 kishiga COVID-19 tashxisi qo‘yildi. Ular Olma-ota va Nur-Sultonda aniqlandi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.
Olma-otadagi bemor 1958 yilda tug‘ilgan erkak 10 mart kuni Moskvadan kelgan. Nur-Sultondagi bemor yaqinda Polshadan kelgan ayol. Shu tariqa Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 6 kishiga yetdi.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston hukumati koronavirusga qarshi maxsus choralarni qo‘llay boshlagan.
Yangi koronavirus
Xitoyning Xubey provinsiyasi markazi Uxan shahrida o‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida yangi virus paydo bo‘ldi. Xitoy Hukumati 31 dekabr kuni Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotini mamlakatda epidemiya boshlangani haqida ogohlantirdi.
JSST yangi koronavirusning dunyoga tarqalishi sababli uni epidemiya emas, pandemiya deb e’lon qildi. Bu virus bir emas, bir nechta davlatlarni to‘laqonli qamrab olganda e’lon qilinadigan holat hisoblanadi. JSST yangi koronavirusga rasman nom berdi va u COVID-2019 deb ataldi. Virus bugungacha 145 davlatga kirib bordi.
Koronavirus bugungacha qurbonlar soni bo‘yicha 2002 yildagi atipik pnevmoniya (SARS) va 2012 yildan beri Yaqin Sharq respirator sindromini (MERS-CoV) ortda qoldirdi. SARS`dan 8096 nafar odam kasallangan, shulardan 774 nafari (o‘lim darajasi 9,6 foiz) halok bo‘lgan. MERS-CoV virusidan 2494 nafar odam kasallanib, ularning 858 (o‘lim darajasi 34,4 foiz) nafari qurbon bo‘lgan.
Ayni vaqtga qadar koronavirus bilan xastalanganlar dunyo miqyosida 145 810 kishini tashkil etmoqda 5 436 kishi virusdan vafot etdi. Shuningdek, 72 531 kishi ushbu xastalikdan forig‘ bo‘ldi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025