Qozog‘istonda vazir o‘rinbosari poytaxt nomini adashtirib yubordi
Olam
−
08 aprel 2019
7715Qozog‘iston Moliya vazirining birichni o‘rinbosari Berik Sholpanqulov jurnalist savoliga javob berayotib, mamlakat poytaxti nomini adashtirib yubordi va internetta mashhurlikka erishdi. Bu haqda “Nur.kz” xabar berdi.
“Olma-ota, Ostona... a, ya’ni, Nur-Ostonada... yo‘q, Nur-Sultonda, kechirasiz”, deya uzr so‘radi vazir o‘rinbosari Sholpaqulov.
Ijtimoiy tarmoqlardagi ko‘plab foydalanuvchilar ushbu vaziyatni to‘g‘ri qabul qilishdi va vazir o‘rinbosarini tushunmovchilik uchun ayblashmadi. Ayollar amaldor haqida ba’zi iliq fikrlarini ham bildirib o‘tgan.
Qozog‘iston moliya vazirining birinchi o‘rinbosari 44 yoshda. U bu lavozimga 2019 yil 3 mart kuni tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 23 mart kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev mamlakat poytaxti nomini Ostonadan Nur-Sultonga almashtirish to‘g‘risidagi qonunni imzolagandi.