Qozog‘istonda o‘zbekistonlik erkak o‘quvchi qizga hujum qildi (video)

Olam

image
0:00
0:00
download

Qozog‘istonning Olma-ota viloyatida 39 yoshli O‘zbekiston fuqarosi 6-sinfda o‘qiydigan qizga hujum qildi. Bu haqda Qozog‘istonning mahalliy nashrlari xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 16 noyabr kuni ko‘chada sodir bo‘lgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda erkakning qizni uzoq vaqt kuzatib yurgani va birdan unga hujum qilgani aks etgan.

“Birinchi marta hujum sodir bo‘lganda, qiz qarshilik ko‘rsatib, qochishga muvaffaq bo‘lgan, lekin erkak uni quvib yetgan. Keyin qizni ko‘tarib, kuch bilan “skameyka”ga itarib yuborgan. Buni yaqin atrofdagi erkaklar payqab qolib, qizni qutqarib qolgan”, deydi “Jim bo‘lmang” jamoat birlashmasi rahbari Dina Smailova.

Hozirda 39 yoshli o‘zbekistonlik qo‘lga olingan va 15 sutka vaqtinchalik izolyatorga joylashtirilgan. Biroq jabrlanuvchining yaqinlari qattiqroq jazoni talab qilmoqda.

Xabarga ko‘ra, erkak uch yildan yetti yilgacha qamoq jazosiga hukm etilishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

225

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing