Qozog‘istonda o‘zbekistonlik erkak qul qilingani aniqlandi
Olam
−
17 noyabr 2020
13507Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida qishloq xo‘jaligi rahbari 58 yoshli O‘zbekiston fuqarosini majburlab ishlatib kelgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Tengrinews.kz” xabar berdi.
“Aqto‘beda 58 yoshli O‘zbekiston fuqarosinining hujjatlarini olib qo‘yib va jismoniy zo‘ravonlik bilan qo‘rqitib, bir yil davomida qul qilib ishlatgan qishloq xo‘jaligi rahbari aniqlandi va politsiyaga olib kelindi”, degan IIV vakili Kamil Galiyev.
Jabrlanuvchi og‘ilxonada yashagan, chorvani boqib, ularga qaragan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 128- moddasi (Odam savdosi) bo‘yicha sudgacha surishtiruv ishlari boshlangan.
LiveBarchasi
Trenddagilar

