Qozog‘istonda Telegram’ning ofisi ochiladi
Olam
−
14 Oktabr
1558Qozog‘istonda Telegram messenjeri vakolatxonasi ochilishi kutilmoqda. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasining Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmika sanoati vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmika sanoati vaziri Jaslan Madiyev AQSH Savdo palatasi hamda Meta va Apple kabi yirik kompaniyalar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazgan. Uchrashuvlarda ma’lumotlar xavfsizligi, soxta akkauntlarga qarshi kurashish va foydalanuvchilarni himoya qilish kabi muhim masalalar muhokama qilingan.
Vazir Jaslan Madiyevning ma’lum qilishicha, mamlakat qonunchiligiga ko‘ra, Telegram, WhatsApp va TikTok kabi internet platformalar endilikda Qozog‘istonda rasmiy vakilga ega bo‘lishi shart. Telegram bilan vakil tayinlash va ofis ochish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Bu qadam kontent ustidan nazoratni oshirish uchun muhim bo‘lib, mamlakat foydalanuvchilarining xavfsizligini yaxshilashga qaratilgan.
Shuningdek, vazir Meta va Apple kompaniyalari vakillari bilan ma’lumotlar xavfsizligi, soxta akkauntlarga qarshi kurash va foydalanuvchilarni himoya qilish kabi masalalarni muhokama qilgan. Vazirlik Meta bilan internet firibgarliklariga qarshi hamkorlikda ish olib boradi. Meta vakillarining ma’lum qilishicha, ushbu muammo Qozog‘istondan tashqari boshqa ko‘plab mamlakatlar uchun ham taalluqli. So‘nggi chorakda Meta 1,2 milliard soxta akkauntni yo‘q qilish uchun sun’iy intellekt texnologiyalarini ishlatgan.
“Bunday hamkorlik raqamli xavfsizlikni mustahkamlash va foydalanuvchilarning huquqlarini himoya qilishga yordam beradi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Telegram asoschisi Pavel Durov 2018 yildan beri messenjer ko‘pchilik mamlakatlardagi maxfiylik siyosatiga ko‘ra, jinoyatchilarning IP manzillari/telefon raqamlarini rasmiylarga oshkor qila olishini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi