Qozog‘istonda sodir bo‘lgan YTHda bir oilaning 3 nafar a’zosi yonib ketdi (video)

3-sahifa

image

Qozog‘istonning Olmaota viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida bir oilaning 3 nafar a’zosi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, bugun, 14 avgust kuni viloyat hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lida DAF rusumli yuk mashinasi (benzovoz) va Lexus ishtirokida YTH sodir bo‘lgan. Oqibatda Lexus yonib ketgan.

“Voqea joyida 42 yoshli Lexus haydovchisi, uning rafiqasi va bolasi halok bo‘ldi. Benzovoz haydovchisi turli jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan”, deyiladi xabarda.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 345-moddasi (avtoulovni boshqarayotgan shaxs tomonidan yo‘l harakati qoidalarini yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish, beparvolik tufayli ikki yoki undan ortiq odamning o‘limiga olib keladigan holatlarni sodir etish)ga ko‘ra, DAF haydovchisi 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi, 7 yilgacha ma’lum lavozimlarni egallash yoki muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilinishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Tojikistonning Xatlon viloyatida joylashgan Ko‘lob shahrida yuk mashinasi ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 10 kishi halok bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston benzovoz Olmaota

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing