Qozog‘istonda Rossiyani qo‘llab-quvvatlagan deputat ishdan olindi

Olam

image

Bugun, 19 yanvar kuni Qozog‘istondagi “Ak jol” siyosiy partiyasi parlament deputatlaridan birini intervyuda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qo‘llab-quvvatlagani uchun ishdan haydadi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilishicha, deputat Azamat Abildayev shu oyda Yevropadagi radiolardan biriga Rossiya “maxsus harbiy operatsiya” deb atayotgan Ukrainadagi urushni qo‘llab-quvvatlashini, Kiyev hukumatini esa “natsistlar” deya ta’riflashini aytgan. Shundan so‘ng, Abildayev a’zo bo‘lgan “Ak jol” partiyasi yig‘ilish o‘tkazib, uning izohlarini muhokama qilgan. Majlis so‘nggida partiya Abildayevni o‘z lavozimidan chetlashtirish va markaziy saylov komissiyasidan uning mandatini bekor qilishni so‘rashga qaror qilgan.

“Partiyamiz Qozog‘iston va boshqa do‘st davlatlarning mustaqilligi va hududiy yaxlitligini doimo hurmat qiladi va qo‘llab-quvvatlaydi”, deyiladi “Ak jol” partiyasi bayonotida.

Ta’kidlash joiz, Qozog‘iston hukumati Rossiya bilan an’anaviy yaqin aloqalarga ega bo‘lishiga qaramay, uning Ukrainadagi bosqinini qo‘llab-quvvatlamaydi va anneksiya qilingan hududlarni ham tan olmaydi. “Ak jol” partiyasi ham rasmiy ravishda muxolifat partiyasi bo‘lsada, asosiy masalalarda hukumat chizig‘idan chiqmaydi.

Shuningdek, o‘tgan oy e’lon qilgan “Demossope” mahalliy so‘rovnomasi natijalari ham qozog‘istonliklarning ko‘pchiligi Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini ko‘rsatdi. Abildayevning izohlari esa “Ak jol” partiyasining kelasi oylarda bo‘lib o‘tadigan navbatdan tashqari parlament saylovlaridagi istiqboliga putur yetkazishi mumkin edi.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing