Qozog‘istonda politsiyachining qurolini o‘g‘irlagan o‘zbekistonlik 3 yilga qamaldi
3-sahifa
−
04 fevral 2023
5060Qozog‘istonda politsiyachi tomonidan hojatxonada unutib qoldirilgan jangovar qurolni o‘g‘irlagan O‘zbekiston fuqarosi 3 yilga qamaldi. Bu haqda “Kaztag.kz” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea 2022 yil 19 sentyabr kuni Ostona shahrida sodir bo‘lgan. O‘sha paytda ayblanuvchi o‘zini Qozog‘istondan chiqarib yuborilish bo‘yicha suhbatdan o‘tish uchun politsiya bo‘limiga chaqirilgan. Jarayondan so‘ng erkak hojatxonaga kirib, o‘sha yerda ishlovchi navbatchi politsiyachiga tegishli to‘poncha va patronlarni o‘zlashtirib olgan. So‘ngra politsiya binosini tark etgan.
Kuzatuv kameralari yordamida jinoyatchininig shaxsi aniqlanib, unga nisbatan Ostona shahri Yesil tuman sudida hukm o‘qilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 291-moddasi 1-qismida (qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar va portlovchi moslamalarni o‘g‘irlash yoki tovlamachilik) va 287-moddaning 3-qismida (qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar va portlovchi moslamalarni noqonuniy sotib olish, topshirish, sotish, saqlash, tashish yoki olib yurish) nazarda tutilgan jinoiy huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan. Unga uch yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
LiveBarchasi