Qozog‘istonda parlament saylovlari qachon bo‘lishi ma’lum qilindi
Olam
−
23 noyabr 2022
1625Qozog‘iston parlamentining quyi palatasi – Majilisga saylovlar 2023 yilning birinchi yarmiga belgilandi. Bu haqda Majilis spikeri Yerlan Koshanov ma’lum qildi.
“Parlament saylovlari kelasi yilning birinchi yarmida bo‘lib o‘tadi. Ammo buni Prezident e’lon qiladi. Tabiiyki, shundan keyin yangi hukumat tuziladi. Prezident vaqtni e’lon qilguncha kutishimiz kerak”, deydi Koshanov.
Shuningdek, u prezidentlikka nomzodini qo‘ygan Meyram Kajiken, Jiguli Dayraboyev, Karakat Abden, Saltanat Tursinbekova va Nurlan Auesbayev yangi parlamentda o‘rin egallay oladimi kabi mazmundagi savolga ham javob bergan.
“Bu haqda saylovchilar qaror qabul qiladi”, deydi Koshanov.
Eslatib o‘tamiz, 20 noyabr kuni Qozog‘istonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Markaziy saylov komissiyasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatning amaldagi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev saylovchilarning 80 foizdan ortiq ovozini olib, g‘alaba qozondi.
Qozog‘istonda navbatdagi prezidentlik saylovlari 2024 yilda bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq 1 sentyabr kuni To‘qayev xalqqa murojaatida muddatidan oldin saylovlar o‘tkazilishini e’lon qildi. 17 sentyabr kuni u konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzolab, prezident vakolatlarini yetti yillik qayta saylanmaslik muddati bilan chekladi. Ilgari respublika rahbari besh yil ketma-ket ikki muddatga saylanishi mumkin edi.
LiveBarchasi