Qozog‘istonda onasidan ayrilgan qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Jamiyat

image

Qozog‘iston hududida baxtsiz hodisa tufayli onasidan mahrum bo‘lgan qiz O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Bolalar ombudsmaniga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida yashovchi fuqaro E.A.(ayol) ning murojaati kelib tushgan.

Murojaatda ayol uning qizi D.R.ning 2010 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qiz farzandi borligi, bir necha yil avval qizi D.R. Qozog‘iston fuqarosiga turmushga chiqqani, nevarasi Beruniy tumanida tug‘ilib, O‘zbekiston fuqarosi bo‘lsada, unga onasi Qozog‘istonda ham tug‘ilish haqida guvohnoma rasmiylashtirganini bildirgan.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida qizi 2024 yil avgust oyida vafot etib, hozirda voyaga yetmagan nevarasi E.M. Qozog‘istonda ota-ona qaramog‘isiz qolganini ma’lum qilib, nevarasini O‘zbekistonga qaytarishda amaliy yordam so‘ragan.

Bolalar ombudsmani, Ichki Ishlar vazirligi, O‘zbekistonning Qozog‘istondagi Bosh konsulligi vakillari hamkorligida voyaga yetmagan E.M.ning O‘zbekistonga qaytarish choralari ko‘rilib, tezkor ravishda voyaga yetmagan E.M. hujjatlari rasmiylashtirilishida ko‘mak ko‘rsatilgan.

Ko‘rilgan hamkorlik choralari natijasida kecha, 12 may kuni voyaga yetmagan qiz xolasi hamrohligida O‘zbekistonga olib kelinib, buvisi E.A. qaramog‘iga topshirilgan.
Hozirda buvining nevarasiga nisbatan vasiyligi rasmiylashtirilish jarayonida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Moskva shahridagi “Altufevo” ijtimoiy-reabilitatsiya markazi xodimlari hamrohligida O‘zbekistonga uch nafar voyaga yetmagan fuqaro qaytarilgandi. Ular ham Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing