Qozog‘istonda og‘ir ahvolda qolgan 3 kishi O‘zbekistonga qaytariladi

Olam

image

Qozog‘istonda mushkul ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarolari mamlakatga qaytariladi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Bosh konsulxonasiga D.N. hamda K.R. murojaat qilib, o‘zlari va uning 2021 yilda tug‘ilgan farzandi M.A. Qozog‘istonda mushkul vaziyatga tushib qolgan. 

O‘zbekiston diplomatlari tomonidan mavjud holat o‘rganilganidan so‘ng, fuqarolarga 16-18 avgust kunlari uchun belgilangan Olmaota-Nukus yo‘nalishidagi aviareyslarga chipta sotib olib berilgan.

Ma’lumot uchun, 30 iyul – Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, Bandlik vazirligi, Migratsiya agentligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda joriy yilning 30 iyulidan 30 avgustigacha “Vatanga qaytarish” nomli xayriya aksiyasi o‘tkazilmoqda. Aksiya doirasida xorijiy davlatlarda mushkul ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarolarini mamlakatga qaytarish va ularni samarali reintegratsiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Birinchi navbatda, Turkiya, Rossiya, Qozog‘iston, BAA, Saudiya Arabistoni, Hindiston, AQSH va Janubiy Koreyada deportatsiya markazlarida saqlanayotgan ayollar va bolalar O‘zbekistonga olib kelinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Latviyada og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarosi mamlakatga qaytarilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing